Mario Barrios Ryan Garsiyadan og‘irroq chiqdi
Yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios hamda uning hamyurti Ryan Garsiya chempionlik jangidan oldin vazn o‘lchash marosimida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Aniqro‘g‘i, Barrios tarozida 66,7 kg, Garsiya esa undan engilroq — 66,5 kg natija qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Barrios hisobida 29 ta g‘alaba (18 tasi muddatdan avval), 2 ta mag‘lubiyat va 2 ta durrang bor. Garsiyada esa 24 ta g‘alaba (20 tasi muddatdan avval) va 2 ta mag‘lubiyat mavjud. Bu ikki boksi o‘rtasidagi to‘qnashuv O‘zbekiston vaqti bilan 22 fevral kuni tongda bo‘lib o‘tadi.
G‘iyosiddin Uralov tayyorladi
Fikrlar