OFK Kubogi sohibi murabbiylikni boshladi
Futbolchilik faoliyati davomida ajoyib o‘yinlari bilan nom qozona olgan Jahongir Jiyamurodov murabbiylik sohasiga qadam qo‘ydi.
Jiyamurodov O‘zbekiston PRO - ligasi ishtirokchisi "Zomin" klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Kecha u yangi jamoasi bilan rasmiy uchrashuvda "Oq-tepa"ga qargi maydonga tushdi va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan musobaqani tark etdi. Katta ehtimol bilan "Zomin" joriy yilgi mavsumni O‘zbekiston Pro-ligasining "B" guruhida to‘p suradi.
Futbolchilik faoliyati davomida Jahongir Jiyamurodov "Mash’al", "Nasaf", "Olmaliq" va "Neftchi" klublarida to‘p surgan. 2011 yilda esa "Nasaf" bilan OFK Kubogida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar