Professional bokschilarimiz vetnamlik yakkakurashchilarning ham qiziqishiga sabab bo‘lmoqda
Xabaringiz bor, Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan bir qator professional bokschilarimiz shartnoma imzolashgan. Ushbu promouterlik tashkiloti Sharqiy Osiyoda anchagina mashhur hisoblanadi. Janubiy koreyalik promouterlar Vetnam mamlakatida bir qator professional bokschilarimizning janglarga hozirlik ko‘rish uchun ajoyib sharoitlar yaratib bergan.
Yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov boshchiligidagi bokschilarimiz ayni vaqtda Xo Shi Min shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirishmoqda. Quvonarlisi, ushbu bokschilarimiz Vetnam diyorida ham maxalliy muxlislar va sport olamining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bunga, vetnamlik jui-jitsuchilar o‘zaro tajriba almashish uchun birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazish taklifi bilan chiqqanligi ham misol bo‘la oladi. Kuni kecha, hamyurtlarimiz ushbu yakkakurash turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar bilan uchrashishdi.

Fikrlar