Pyotr Yan: "Trilogiya o‘tkazilishi shart"

  • 30.01.2026 14:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yarim engil vaznda UFC chempioni Pyotr Yan 35 yoshli gruzinlik Merab Dvalishvili bilan uchinchi marta o‘zaro jang o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

"UFC Merabga revansh va’da qilmoqda va men ham bu g‘oyaga qo‘shilaman. O‘ylashimcha, Dvalishvili bunga loyiq. U o‘z chempionligini uch marta himoya qildi. Divizionda yuqori o‘rinni egallagan barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Demak, trilogiya o‘tkazilishi shart. Biroq bu safar ham men uni yengaman. Men matadorman, Merab esa buqa. To‘g‘ri, buqa har doim kuchliroq, ammo matador har doim g‘alaba qozonadi", – dedi Yan Nurlan Saburovning You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Merab va Pyotr o‘rtasidagi birinchi jangda gruzin, ikkinchisi esa rossiyalik g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!