Reynders: "Men yangi de Bryuyne emasman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders Kevin de Bryuyne bilan solishtirishlar haqida fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda "shaharliklar" safiga qo‘shilgan edi. Shunda de Bryuyne jamoani tark etib, "Napoli"ga erkin agent sifatida o‘tgan.
"Vulverxempton"ga qarshi debyutimdan so‘ng tahlilchilar mening o‘yinimni de Bryuyne bilan solishtirishdi. Albatta, bu men uchun katta kompliment, lekin mening rolim boshqacha, sifatlarim ham turlicha. "Manchester Siti"ga kelganimdan so‘ng meni ko‘p marotaba Kevin bilan solishtirishdi va men doim takrorlayman: men yangi de Bryuyne emasman.
Men ko‘p qirrali yarim himoyachiman, lekin o‘zimni eng ko‘p "ettilik"da ko‘raman — himoya va hujum orasida harakat qiluvchi boks-tu-boks yarim himoyachi. Menga hujumlarni qurish va ularni yakunlash jarayonida ishtirok etish yoqadi", – dedi Reynders.
Fikrlar