Ronaldu Joau Feliksni “An-Nasr”ga o‘tishga qanday ko‘ndirgani oshkor bo‘ldi

  • 28.07.2025 16:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar oynasining eng muhim voqealaridan biri “Chelsi” hujumchisi Joau Feliksning faoliyatini “An-Nasr”da davom ettirishga ko‘ngani bo‘ldi.

Aslida portugaliyalik futbolchi top-ligalarda qo‘nim topa olmaganidan keyin qadrdon jamoasi “Benfika”ga qaytishga yaqin turgan edi. Biroq kutilmaganda, ishga “An-Nasr” aralashdi va 25 yoshli hujumchini oladigan bo‘ldi.

Joau Feliksning Saudiya Arabistoniga o‘tishida Krishtianu Ronalduning qo‘li borligi oshkor bo‘ldi.

Foot Mercato nashrining yozishicha, 40 yoshli yulduz o‘z hamyurtiga bir klubda mavsum davomida 40-50 ta uchrashuvda elkama-elka harakat qilish ularga bir birini yaxshi tushunish imkonini berishini va bu omil kelasi yoz bo‘ladigan jahon chempionatida qo‘l kelishini aytgan. Bu omillar Joau Feliksning tanloviga ta’sir qilgan.

Taniqli insayder Fabritsio Romano Portugaliya terma jamoasi hujumchisi transferi uchun shayxlar 30 million evro to‘lashini, bu summa bonuslar hisobiga 50 million evrogacha ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!