"Rostov" sobiq hujumchisi yana jamoaga qaytdi. Shomurodov asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berishi mumkin (FOTO)

  • 23.08.2020 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Rostov" va "Sochi" klublari o‘zaro futbolchi almashtirishga qaror qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, hujumchi Dmitriy Poloz “Rostov”ga qaytgan. Uning evaziga esa, “Sochi”ga yarim himoyachi Ivelin Popov jo‘nab ketgan.

Poloz uchun “Rostov” begona emas. U ushbu jamoa safida 2012-2017 yillarda to‘p surgan.

“Rostov” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov uzoq muddatdan buyon gol ura olmayotganini inobatga olsak, u asosiy tarkibdagi o‘rnini aynan Polozga bo‘shatib berishi mumkin. Voqealar rivojini esa birgalikda kuzatamiz.

latsio_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!