Usmon Nurmagomedov nafaqaga qachon chiqishini ma'lum qildi

  • 03.02.2026 17:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida (70 kg) PFL chempioni Usmon Nurmagomedov faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.

"Hozir 27 yoshdaman, tez orada 28 ga to'laman. Biroq 32 yoshda o'zimni arenalarda ko'rmayapman. Shunday bo'lsa-da, u vaqg'a qadar qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi rossiyalik "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Usmon Nurmagomedov 7 fevral kuni Dubayda o'tkaziladigan PFL turnirida britaniyalik Alfi Devisga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!