Bu erda Ronaldu va Messiga o‘rin yo‘q yoxud Evropaning eng yaxshi driblingchilari

  • 10 fevral, 2017, 07:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futboldagi aldamchi harakatlar va o‘ziga xos fintlar-u, tezkor harakatlar millionlar o‘yini bo‘lmish futbolning “bezagi”ga aylangan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Quyida esa ushbu masvum Evropa mamlakatlarida eng ko‘p ana shunday harakatlarni amalga oshirgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz. E’tiborlisi, bizning ro‘yhatimizdan na Messi van a Ronaldular o‘rin olishmagan.

Tecno

Yulduzlar fabrikasi – “Cevilya”

“Manchester Yunayted”ning “o‘xshamagan” transferlari. Top-5

“Hamma hujumga” yoxud bu mavsum top-5 jamoalari orasida eng ko‘p gol kiritgan 5 ta jamoa

2019 yilgi Evrokuboklar finali qaysi stadionlarda bo‘lishi mumkin?

5. Vilfred Zaxa


 

“Kristal Pelas” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Zaxa “MYu”da o‘zini ko‘rsata olmagach, yana “burgutlar” safiga qaytib keladi va o‘zining ishonchli harakatlari bilan “Kristal Pelas” klubi muxlislarining olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Vilfred ushbu mavsum 4 ta gol kiritib, 6 ta golga assistentlik qilishga ulgurdi. Ammo uning ustun jihatlari bunda emas. 24 yoshli futbolchi har o‘yinda o‘rtacha 4,1 ta fint ishlatar ekan va bu borada bizning reytingimizda 5-o‘rinni egallab turibdi.

4. Eden Azar

O‘tgan mavsum umuman o‘ziga “o‘xshamagan “ belgiyalik futbolchi uchun bu mavsum juda ham omadli o‘tmoqda. APLda dastlabki o‘rinni egallab turgan “Chelsi”ning 20 % goli ayna Azar tomonidan kiritilgan va sheriklarini 3 bor golli uzatma bilan ta`minlagan.

3. Allan Sen-Maksimen

Reytingizning 3-o‘rini Frantsiyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi ligada to‘p suruvchi “Bastiya” klubining 19 yoshli futbolchisi Alan Sen-Maksimen egalladi. Transfer huquqi “Monako”ga tegishli bo‘lgan yosh iqtidor egasi o‘rtacha har o‘yinda 4,8 marta raqiblarini fintlari yordamida aldab o‘tishga erishmoqda. Ushbu muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng “Monako” ustozi Leonardo Jardim futbolchini ortga qaytarsa ajab emas.

2. Neymar

Neymarning ro‘yhatimizdan o‘rin egallashi syurpriz emas. Braziliyalik futbolchi o‘rtacha har o‘yinda 5,1 marta raqibni dribling yordamida ortda qoldiradi. Darvoqe, Neymar juda ham ko‘p driblingini namoyish etadi. Ammo ularning barchasi ham Neymar uchun muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Jumladan, 25 yoshli futbolchi tomonidan amalga oshirilgan fintlarning 68 % samarali yakunlangan.

1. Adama Traore

Reytingimizning oliy o‘rini “Midlsbro”ning ispaniyalik futbolchisi Adama Traore egalladi. “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Traore har o‘yinda o‘rta hisobda 5,4 marta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirar ekan.

Barchada Messi va Ronaldularda ushbu ko‘rsatkichlar qanday degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Javob beramiz, Messi har o‘yinda o‘rta hisobda 4,8 ta dribling amalga oshirsa, 2016 yilgi “Oltin to‘p” egasida ushbu ko‘rsatkich 0,8 ga teng. Ana shunaqa...

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!