Bundesliga rekordlariga nazar

  • 19 fevral, 2017, 00:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Bundesligadagi “Augsburg” – “Bayer” uchrashuvida Karim Bellarabi Bundesliga tarixidai 50000-golni kiritdi. Shu munosabat bilan esa biz mazkur nufuzli musobaqadagi ayrim natija va faktlar bilan sizlarni tanishtiramiz.

Tecno

Tavsiya qilamiz:

Suares ham hech nima qila olmagan 8 uchrashuv

* 1962 yil 28 iyulda Oberliga tugatilib, uning o‘rnida Bundesliga tashkil etiladi;

* 1963/64 yilgi mavsum Bundesliganing ilk yili sanaladi va bu yilgi chempionat hisob bo‘yicha 54-sanaladi

EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5

Jamoalar

* Bundesliganing barcha 54 mavsumida to‘p surishni faqat “Gamburg” jamoasi uddalagan. Undan so‘ng bu borada 53 ta natija bilan “Verder” bormoqda. “Bavariya” esa Bundesliganing 52 mavsumida ishtirok etgan. Shuningdek, bu borada “Shtutgart”(51), “Borussiya Dortmund”(50) va “Shalke-04” xamda “Borussiya Myunxengladbax” hisobida Bundesligadagi 49 mavsum mavjud.

* Faqatgina 55 jamoaga Bundesligada to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lgan. Shulardan uchtasi, aniqrog‘i “Tasmaniya 1900”(Berlin), “VFB Leyptsig” va “Blau-Vayss 1890” jamoalari tarix zarvaraqlaridan joy olishgan.

* Bundesligada eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoa bu “Bavariya”dir. Myunxen superklubi 25 bor “kumush tovoq”ni qo‘lga kiritgan.

1. “Bavariya” – 25 ta

2-3. “Borussiya Dortmund” va “Borussiya Myunxengladbax” – 5 tadan

4. “Verder” – 4

5-6. “Shtutgart” va “Gamburg” – 3 tadan

7-8. “Keln” va “Kayzerslautern” – 2

9-12. “Nyurnberg”, “Volfsburg” va “Ayntraxt Braunshveyg” – 1

* “Bavariya” 5 bor turnir boshidan to oxiriga qadar hech kimga etakchilikni bermay chempion bo‘lishga erishgan. Aksincha, 1985/86 yilda esa myunxenliklar chempionlikni faqat bir tur qolganida rasmiylashtirishgan.

* Otto Rexagel boshqaruvidagi “Kayzerslautern” 1997/98 yilgi mavsumda debyutant bo‘lsada, bu holat jamoani Bundesligada chempion bo‘lishiga xalal bermagan edi. O‘z navbatida aksincha, 1967/68 yilgi mavsumda g‘olib bo‘lgan “Nyurnberg” kelgusi mavsum Bundesligani tark etgan.

EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 frantsuz

Futbolchilar

* 3 nafar futbolchi 8 marta “kumush tovoq”ni boshi uzra baland ko‘targan va bu futbolchilarning barchasi nemis millatiga mansub ekanligini aytish joiz. Bular, Mexmet Sholl, Oliver Kan va Bastian Shvaynshtaygerlardir. Ularnimg ortidan esa Filipp Lam “quvib” kelmoqda – 7 ta chempionlik.

* Oliver Kan esa Bundesliga doirasidagi 310 ta bahsda uning jamoasi g‘alaba qozongan va bu rekord natija hisoblanadi. Darvoqe, Bundesligada eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan darvozabon ham aynan Kandir. Uning hisobida 196 ta “quruq” o‘yin mavjud.

* 70-80 yillarda “Duysburg” va “Shalke-04” jamoalarida to‘p surgan Bernard Dits esa 221 bor Bundesligada mag‘lub bo‘lgan va bu borada antirekord sohibi sanaldi.

* Bundesligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Karl-Xaynts Kyorbeldir. Uning hisobida 602 ta o‘yin mavjud.

* Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purar Gerd Myuller ekani barchaga ayon. Afsonaviy to‘purar hujumchi hisobida Germaniya chempionatida kiritilgan 365 ta gol mavjud. Bundan tashqari Gerd hisobida yana boshqa rekordlar ham mavjuddir.

* Bundesliga tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purar esa Klaudio Pissarodir. Perulik futbolchi “Bavariya” va “Verder” jamoalari safida 19 bor milliy birinchilikda gol kiritishning uddasidan chiqqan.

* Xan-Yorg Butt hisobida esa 26 ta gol mavjud va Bundesligada eng ko‘p gol urgan darvozabon sanaladi.

“Metin himoya – muvaffaqiyat kafolati”mi?

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!