“Metin himoya – muvaffaqiyat kafolati”mi?

  • 17 fevral, 2017, 22:23
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Biz bugungi maqolamiz orqali sizlarni bu mavsum o‘z milliy chempionatlarida eng kam gol o‘tkazgan jamoalar bilan tanishtiramiz

4-5. “Chelsi” – 18 ta gol o‘tkazib yuborgan

Antoni Konte boshliq “Chelsi” bu mavsum o‘zining fantastik o‘yini bilan barchani birdek hayratlantirmoqda. Italiyalik mutaxassis qisqa muddat ichida “aristokratlar”ni yana etakchilar qatoriga qaytarishga erishdi. Jumladan, bu mavsum “Chelsi” futbolchilari APL peshqadamligini hech kimga bermay kelishmoqda. Konte barcha o‘yinlarda Alonso –Keyxill–Luiz–Aspilikueta  kvartetidan foydalanib kelmoqda. Hozircha bu to‘rtlik murabbiyni uyaltirib qo‘yayotgani yo‘q. Faqat “Arsenal” bilan mehmondagi o‘yin bundan mustasno. Umumiy hisobda esa Tibo Kurtua APLda bu mavsum o‘z darvozasidan 18 ta to‘p olib chiqdi, xolos. APLda bundan-da yaxshi natija hech bir klubda yo‘q.

EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5

4-5. “PSJ” – 18

So‘nggi kunlarda Unai Emeri jamoasi “tillarda doston” bo‘lmoqda. Boisi, jamoa o‘z maydonida “Barselona”ga hech qanday imkoniyat qoldirmagan xolda, kataloniyaliklar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Endi bugungi mavzudan uzoqlashmagan xolda, Frantsiya chempionatiga e’tibor qaratsak. Ushbu mavsum Parij klubi Liga 1 da 25 ta o‘yin o‘tkazdi. E’tiborlisi, mazkur o‘yinlarning yarmidan ko‘pi(13 ta)da raqiblar “PSJ” darvozasiga “yo‘l topa” bilmagan. Markazda Markinos–Silva juftligi ishonchli harakat qilayotgan bo‘lsa, ularga qanotlarda Ore xamda Kurzavalar ko‘maklashishmoqda. Faqat “Monpele” parijliklar darvozasini 3 bor ishg‘ol etgani, kishini biroz o‘yga toldiradi. Umuman olganda esa raqiblar Trapp va Areola darvozasiga 25 uchrashuvda 18 ta gol kiritishgan.

EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 frantsuz

3. “Yuventus” – 16

Massimiliano Allegri shogirdlari kutilganidek, chempionatda karvonboshilik qilishmoqda. A Seriyadagi 24 uchrashuvda “keksa sinora” 16 ta to‘p o‘tkazib yuborgan xolos. Qolaversa 12 o‘yinda raqiblar turinliklar darvozasini ishg‘ol eta olmagan. “Yuve”da Kellini–Sandro–Bonuchchi–Lixshtayner kvarteti raqib hujumchilariga zarracha imkoniyat qoldirishayotgani yo‘q degimiz keladi-yu, ammo “Jenoa” shu metin himoyani “buzib” 3 ta to‘p kiritgani tufayli bu fikrni aytishdan tiyilganimiz ma’quldek, go‘yo.

2. “Vilyareal” – 15

La ligada eng kam gol o‘tkazgan jamoa “Real”, “Atletiko” yoki “Barselona” emas, balki “Vilyareal”dir. Fran Eskriba boshliq “sariq suv osti kemasi”ni “cho‘ktira” oladigan jamoa chiqayotgani yo‘q La ligada. O‘sha, “Real” va “Barsa” Eskriba jamoasi darvozasiga bor-yo‘g‘i 1 tadan gol kiritgan. “Atletiko” esa “Vilyareal”dan javobsiz 3 ta golni qabul qilib olganligini alohida e’tirof etmasak, bo‘lmaydi. “Sariq submarina” bu mavsum La ligadagi 22 o‘yinda 15 ta gol o‘tkazdi xolos.

EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “Real” futbolchilari

1. “Bavariya” – 12

Anchelotti jamoasiga Germaniyada teng keladigani chiqayotgani yo‘q. Jamoa Bundesligadagi 20 o‘yinda 12 ta to‘p kiritgani bizni shunday fijr bildirishga majbur etmoqda. Xummels, Lam va Alabalar “Bavariya” qo‘rg‘onini tashkil etadi. O‘tkazilgan 20 uchrashuvning deyarli yarmi(9 ta)da Noyer o‘yinni “quruq” o‘tkazgan. Ana shunaqa!

EChL: Tug‘ilgan kunida “dubl” qilganlar

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!