Nigohimizda Angliya liga kubogi finali

  • 28 fevral, 2017, 10:16
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yakshanba oqshomida Angliyada mavsumdagi dastlabki turnir yakunlandi. Finalda, “Manchester Yunayted” xamda “Sautgempton” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli tazrda kechgan uchrashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi va “qizil iblislar” “avliyolar”dan 3–2 hisobida ustun keldi. Biz esa, mazkur uchrashuvga aloqador bo‘lgan ayrim fakt va statistikalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin 8 ta bahs

1. “Manchester Yunayted” va “Sautgemton” 120 bor o‘zaro to‘qnash kelishdi. Natijalar esa quyidagicha ko‘rinish olgan: 63 g‘alaba “Yunayted”da, 27 ta “Sautgempton”da va 30 ta o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan;

“PSJ”ning qimmatbaho sotuvlari

2. “Yunayted”ning “avliyolar” ustidan qozonilgan eng yirik g‘alabasi – 6:1(2001 yil);

3. O‘z navbatida “Sautgempton”ning “qizil iblislar” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi esa – 6:3;

4. Mazkur final Joze Mourino uchun to‘rtinchi Liga kubogi finali bo‘ldi. Bundan oldingi 3 ta finalda ham portugaliyalik mutaxassisning jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan;

5. “Sautgempton” so‘nggi bor 1976 yilda sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan(Angliya kubogi). Aynan o‘shanda “avliyolar” “MYu”ni 1–0 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqqanlar;

Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar

6. Endi e’tiborni bevosita o‘yindagi statistikaga qaratamiz: To‘p nazorati 52 % ga 48 %(“Sautgemton” foydasiga);

7. Burchak zarbalari: 12 – 4(“Sautgemton” foydasiga);

8. To‘p uzatishlar soni: 483 – 471(“Sautgemton” foydasiga);

9. Uchrashuvda “dubl”ga erishgan Zlatan Ibragimovich finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bundan oldin, “MYu” safida bunday nomga Ueyn Runi(2006 yil) va Ben Fosterlar(2009) sazovor bo‘lishgan edi;

10.    Joze Mourino Angliya liga kubogida g‘olib chiqish bo‘yicha afsonaviy Aleks Fergyuson va Brayan Klaf bilan tenglashdi(4 martadan);

11.    “MYu” esa so‘nggi 10 oy ichida 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi;

12. Eng qizig‘i esa, ana shu 3 ta finalning barchasida Jessi Lingard to‘p kiritgan;

13. “Mankunianlar” darvozaboni David De Xea Angliyada qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi(APL, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi va Angliya Superkubogi);

14.  “Manchester Yunayted” Angliyaning eng sovrindor jamoasi degan rasmiy nomni olishga erishdi. Boisi, kuni kecha qo‘lga kiritilgan sovrin “Yunayted”ning 42-tituli edi. Bu borada esa “MYu” 41 ta sovrini bor “Liverpul”dan o‘zib ketdi;

15.    Qayd etish joiz, so‘nggi 12 yilda “Liverpul” tomonidan qo‘lga kiritilgan sovrinlardan, “MYu”ning so‘nggi 10 oyda qo‘lga kiritgan titullari ko‘proqdir.

Evropa ligasi ham qiziqarli yoxud mazkur turnirda eng ko‘p muxlis to‘plagan 5 o‘yin

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!