Jahon sportidagi badavlat 10 inson
Bloomberg internet-nashri sayyoramizning eng badavlat bo‘lgan 500 kishilarni keltirib o‘tdi. Biz esa ular orasidan sportga aloqasi bo‘lgan milliarderlarni alohida saralab oldik va ular bilan sizlarni tanishtiramiz.
10. Gennadiy Timchenko

Rossiya, 64 yosh
Sohasi: energetika va binokorlik
Prezident: KXLning “SKA” xokkey klubi
Boyligi: 11,4 mlrd dollar
9. Ditrix Mateshits

Avstriya, 72 yosh
Sohasi: oziq-ovqat sanoati
Egalik qiladi: Formula-1 dagi “Red Bull”, xokkeydagi “Red Bull Myunxen” va futboldagi “RB Zalztsburg”, “RB Leyptsig” va “RB Nyu-York” klublariga
Boyligi: 12,4 mlrd dollar
8. Vladimir Lisin

Rossiya, 60 yosh
Sohasi: metallurgiya
Prezident: Rossiya kamondan o‘q otish ittifoqi
Boyligi: 12,4 mlrd dollar
7. Alisher Usmonov

Rossiya, 63 yosh
Sohasi: texnologiyalar
Egalik qiladi: Londonning “Arsenal” klubi aktsioneri
Prezident: Xalqaro qilichbozlik Federatsiyasi
Boyligi: 13,9 mlrd dollar
6. Lakshmi Mittal

Hindiston, 66 yosh
Sohasi: metallurgiya
Egalik qiladi: “Kuinz Park Reynjers”(Angliya)ning 34 % aksiyasiga
Boyligi: 16,4 mlrd dollar
5. Pol Allen

AQSh, 64 yosh
Sohasi: texnologiyalar
Egalik qiladi: “Sietl Sixoks”(NFL) va “Portlend”(NBA)ga
Boyligi: 20,7 mlrd dollar
4. Stefan Persson

Shvetsiya, 69 yosh
Sohasi: chakana savdo
Homiylik va muxlislik qiladi: “Yurgorden” jamoasiga
Boyligi: 22,2 mlrd dollar
3. Stiv Ballmer

AQSh, 60 yosh
Sohasi: texnologiya
Egalik qiladi: “Los-Anjeles Klippers” basketbol klubiga(NBA)
Boyligi: 27 mlrd dollar
2. Van Tszyanlin

Xitoy, 62 yosh
Sohasi: ko‘chmas mulk
Egalik qiladi: Madridning “Atletiko” klubining 20 % aktsiyasiga
Boyligi: 31,6 mlrd dollar
1. Karlos Slim

Meksika, 77 yosh
Sohasi: texnologiya
Egasi: Meksiskaning “Pachuka” xamda Leon” klublari
Boyligi: 53 mlrd dollar
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar