“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta Qarshining “Nasaf” jamoasi OChLning so‘nggi saralash bosqichida Saudiya Arabistonining “Al-Fatex” jamoasi mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, ushbu mavsum xalqaro maydondagi yurishiga yakun yasadi. Shu munosabat bilan esa biz qarshiliklarning OChLdagi ishtirokiga oid faktlarni to‘plashga harakat qildik. Umid qilamizki, bu fakatlar sizlarni befarq qoldirmaydi.
“Nasaf”ning bo‘lajak raqibi “Al-Fatex” haqida 10 ta fakt
1. “Nasaf” uchun “Al-Fatex”ga qarshi o‘yin OChLdagi yubiley – 30 o‘yini edi;

2. Qarshi klubi uchun Saudiyadagi mag‘lubiyat OChL bahslaridagi hisob bo‘yicha o‘n to‘rtinchisi(14) edi. Bundan tashqari esa “Nasaf” Osiyoning eng nufuzli turniri bo‘lmish OChLda 9 bor g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 7 ta bahs durang bilan xotima topgan. Umumiy o‘yinlar soni esa 30 tani tashkil etadi;
3. Dragan Cheran tomonidan “Al-Xidd” darvozasiga urilgan gol qarshiliklarning OChLdagi yubiley – 35-gollari edi;

4. O‘z navbatida “Al-Fatex”ning portugaliyalik legioneri – Andre Alves “Ukra” tomonidan kiritilgan gol OChL bahslarida “Nasaf” o‘tkazgan 46-gol edi;
5. Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa o‘z tarixida ikkinchi bor OChL saralash bahslaridan o‘ta olmadi;
6. Ikkinchi saralash raundida “Al-Xidd”ga qarshi o‘yin “Nasaf” uchun o‘z maydonidagi 13-o‘yin edi. Ushbu bahslarda Qarshi klubi hisobida 5 ta g‘alaba, 4 ta during va shuncha mag‘lubiyat mavjud;

7. “Nasaf”ning o‘z maydonida kiritgan gollari soni “Al-Xidd”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng 19 tani tashkil etdi. O‘tkazib yuborilganlari esa 13 ta;

8. “Nasaf” shu vaqtga qadar Saudiya Arabistoni jamoalariga 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu o‘yinlarda vohaliklar bir bor g‘alaba qozongan bo‘lsalar yana shuncha o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan, qolgan ikki o‘yinda esa saudiyaliklarning qo‘li balan kelgan;

9. Qarshi klubi OChLda Turkmaniston, Tojikiston, va Eron klublarini ikki martadan, BAA, Saudiya Arabistoni ba Bahrayn jamoalarini esa bir martadan “taslim qilgan”;
10. “Nasaf” ishtirokidagi beshinchi o‘yinda 0:1 hisobi qayd etildi. Eng qizig‘i faqat bir bora qarshiliklar raqibdan minimal hisobda ustun kelishgan ekan.
Tavsiya qilamiz:
“Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar
Echl. 1/8 finalda to‘p suruvchi jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Bu erda Ronaldu va Messiga o‘rin yo‘q yoxud evropaning eng yaxshi driblingchilari
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar