“Real” Garet Beyl bilan xayrlashmaydi

  • 27 iyun, 2017, 10:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi uelslik yarim himoyachi Garet Beylni transferga qo‘ymaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan uelslik futbolchiga ishonch bildirgan va uni jamoaga kerak ekanini rahbariyatga aytgan. Beylning o‘zi ham Madriddan ketish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Garet Beyl o‘z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkinligi bir necha bor ta’kidlangandi. Uning xizmatlariga, ayniqsa, “MYu” katta qiziqish bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!