“Real”ning 7-raqam egalari
Bugun biz sizlarni “Real”ning 7-raqamda to‘p surgan futbolchilari bilan tanishtiramiz. Zero, ushbu raqamda hamma ham o‘ynayvermagan.
>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi
>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar
>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Raymon Kopa(1956-1959) – 101 o‘yin, 30 gol

Polmshalik konchining farzandi bo‘lgan Kopa 1956 yil “Reyms”dan “Real”ga o‘tadi va “qirollik klubi”da 3 yil faoliyat yuritadi. Bu vaqt davomida esa frantsiyalik marhum futbolchi 101 uchrashuv o‘tkazgan xolda 30 bor gol kiritishga erishgan. Raymon Kopa ikki bor La ligada, uch bor EChKda g‘olib chiqishga erishgan.
Amansio Amaro(1962-1976) – 471 o‘yin, 154 gol

Amaro 14 yil davomida “Real”da to‘p surgan. Umuman olganda, Kopadan so‘ng 7-raqam bir muddat o‘zining haqiqiy egasini topa bilmadi. Faqatgina Amansio Amaro kelibgina 7-raqam yana o‘ziga xos “brend”ga aylana oldi. “Qirollik klubi”da 471 o‘yin o‘tkazgan Amaro 9 marta La ligada, bir marta esa EChKda g‘olib chiqishga erishadi.
Xuanito(1977-1987) – 404 o‘yin, 121 gol

Amarodan so‘ng ushbu raqam to‘liq ismi Xuan Gonsales Gomes bo‘lgan “Xuanito”ga berildi. Umuman olganda, andalusiyalik bo‘lgan Xuanito “Real” muxlisi bo‘lganligi sababli “Barselona”ning taklifini rad etadi va umrining so‘nggiga qadar “blankoslar” safida to‘p suradi. Madriddagi 10 yillik faoliyatii davomida esa Xuanito 400 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 121 bor “yo‘l topa” bilgan.
>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Emilio Butrageno(1987-1995) – 463 o‘yin, 171 gol

Frantsuz va ikki andalusiyalikdan so‘ng nihoyat, 1987 yildan e’tiboran Madridda tavallud topgan futbolchi 7-raqamda to‘p sura boshladi. Bu – Emilio Butrageno edi. U klubning eng yaxshi 10 to‘puraridan biri ekanligi sir emas.
Xuan Esnayder(1995-1996) – 41 o‘yin, 4 gol

18 yoshida Argentinadan Madridga kelgan Esnayder ko‘pgina yosh iqtidorlar singari “Real”da o‘zini “yo‘qotib” qo‘ydi. “Real”da esa Xuan 7-raqamda bir mavsum to‘p surdi xolos.
Raul(1996-2010) – 741 o‘yin, 323 gol

Esnayderdan so‘ng ushbu raqam Raulga tegdi. “Atletiko” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Raul esa “Real” bilan 3 marta EChLda g‘alaba qozongan. Uni muxlislar hazilona tarzda “Raul Madrid” deb ham chaqirishar edi. Afsonaviy Raul “Real” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi.
Krirshtianu Ronaldu(2010-yildan buyon – hozirgacha) – 382 o‘yin, 390 gol
“Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purar jamoaga 2009 yilda kelgan. Ammo dastlabki mavsumda portugaliyalik yulduz 9-raqamda to‘p surishga majbur bo‘ladi. Faqatgina Raul ketganidan so‘nggina Ronaldu yana o‘zining sevimli raqamida to‘p sura boshladi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar