
So‘nggi daqiqalar talvasasi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashi so‘nggi bosqichi 6-turida Suriyaga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin so‘nggida Omar Xarbin tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini xal etdi. Biz esa ko‘nikib qolganimiz – so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollarni eslashga harakat qilamiz. Xa, to‘g‘ri aytdingiz, bunday o‘yinlarimiz ko‘p-ku, unda bunday qilamiz, faqat mundiallar saralashida xuddi bugungi kabi so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan holatlarni eslaymiz.
- Ertangi raqibimizning JCh-2018 saralashidagi ishtirokiga oid 10 ta fakt
- O‘zbekiston termasi neytral maydonda qanday o‘ynagan?
- JCh-2018 saralash bosqichi. Biznikilar joylashgan guruh statistikasi
Janubiy Koreya 2:1 O‘zbekiston
JCh-1998 sarlashi. Final bosqichi
Gol o‘tkazib yuborilgan daqiqa: 87
Bu bizning mundial uchun qilgan ilk harakatimiz edi. Saralashning final bosqichidagi ilk turda Yaponiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan futbolchilarimiz ikkinchi turda Janubiy Koreyaga safar uyushtiradi. 65 mingdan ziyod muxlis ko‘z o‘ngida 86 daqiqa 1:1 o‘ynab bergan yigitlarimizga qolgan daqiqalar og‘irlik qilgan va Li Sang Yun tomonidan kiritilgan gol o‘yinga nuqta qo‘ygan edi – 2:1.
O‘zbekiston 0:1 Bahrayn
JCh-2010 saralashi. Final bosqichi
Gol o‘tkazib yuborilgan daqiqa: 90+5
Nimagadir, oldinlar shu Bahrayn bilan o‘yinda “nimalardir” bo‘lib ketar edi. Jumladan 2009 yilning 11 fevral sanasida bo‘lib o‘tgan o‘yin ham bundan mustasno emas. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgan Mirjalol Qosimov shogirdlari yakunda durangdan ham quruq qolishgan edi.
O‘zbekiston 0:1 Eron
JCh-2014 saralashi. Final bosqichi
Gol o‘tkazib yuborilgan daqiqa: 90+4
Bugungi bahsdan farqli o‘laroq Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa raqibni “siqib” qo‘ya olgan edi. Ammo goho vaziyatlardan unumli foydalana bilmagan bo‘lsak, foydalanganimizda bosh hakam Yuichi Nishimura buni tan olmagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. O‘shanda yaponiyalik hakam Axmedovning “toza” golini inobatga olmagan edi. Yakunda, eronliklar qarshi hujumdan samara chiqargan xolda Muhammad Xalatborining goli evaziga safardan 3 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo‘lgan edi. Qizig‘i, shu birgina mag‘lubiyat Abramovning ketishiga sabab bo‘lgan edi.
Janubiy Koreya 2:1 O‘zbekiston
JCh-2018 saralashi. Final bosqichi
Gol o‘tkazib yuborilgan daqia: 85
Termamizning bugungidan oldingi bahsi. O‘yin avvalida Bikmaevning goli evaziga evaziga hisobda oldinga chiqib olgan futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limda umuman o‘zlariga “o‘xshashmagan” edi. Qarabsizki, hisob 2:1.
Suriya 1:0 O‘zbekiston
JCh-2018 saralashi. Final bosqichi
Gol o‘tkazib yuborilgan daqiqa: 91
Tan olish kerak, oldinlari biz yaxshi o‘ynasak ham hujumchilarimizning no‘noqligi tufayli gol ura olmasdan, aksincha, arshi huxumda o‘tkazar edik. Bugungi kunda esa garchi yaxshi o‘ynay bilmasakda, o‘sha ahvol kuzatilmoqda. Bugun o‘yinda aytarli vaziyat yarata bilmagan futbolchilarimiz haqli ravishda belgilangan penalti va 11 metrli jarima zarbasidan kiritilgan ajoyib gol evaziga ortga “quruq qo‘l” bilan qaytadigan bo‘lishdi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar