Printsipial raqib Bibosinov jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovga nima dedi?

  • 14 may, 2023, 23:51
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionatining eng kutilgan janglaridan biri 51 kilogrammgacha vazn toifasida – Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov o‘rtasidagi bo‘lishi kerak edi.

Aksariyat muxlisu mutaxassislar bu ikki bokschining o‘zaro to‘qnash kelishini kutgandi. Chunki o‘zbek va qozoq bokschilarining o‘zaro raqobati boks olamida katta ahamiyatga ega. Ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni “el-klasiko”, deb atalishi ham shundan dalolat beradi.

maxresdefault (1)_2

Qizig‘ini qarangki, Toshkentdagi jahon chempionatiga qadar, Saken Bibosinovda qit’a chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarining oltin medali yo‘q edi. U har ikki nufuzli musobaqada bronza medal bilan taqdirlangan. Sovrinlar borasida Hasanboy Do‘smatovdan ustunligi amaldagi jahon chempioni bo‘lib turganini aytish joiz.

O‘zbek bokschisida aksincha. Hasanboy uch karra Osiyo chempioni va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi hisoblanadi. Biroq, jahon chempionatining vitse-chempion bo‘lib, oltin medal armon bo‘lib qolayotgandi.

Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinovning o‘zaro raqobatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oxirigi ikki jangda umumiy hisob durang.

2021 yili Belgradda qozoq bokschisining qo‘li baland kelgan. Bir yildan keyin Iordaniyadagi musobaqada Hasanboy zafar quchgan edi.

Markaziy Osiyoning engil vazndagi eng kuchli ikki bokschisi Toshkentdagi jahon chempionatida o‘zaro kuch sinashishi nasib qilmagan ekan. Saken Bibosinov 1/16 finalda hindistonlik Dipak Kumarga imkoniyatni boy berib, musobaqani juda erta yakunladi va jahon chempionligi unvonini himoya qila olmadi.

Hasanboy Do‘smatov havaskor boksda o‘ziga armon bo‘lib kelayotgan jahon chempionati oltin medali uchun dadil qadam tashladi. U finalgacha bo‘lgan bahslarda meksikalik Alberto Ximenes, marokashlik Said Murtaji, kubalik Romero Reyes Erislan,  yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Tomoya Tsuboi, ispaniyalik Martin Molinani mag‘lubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi bahsda frantsiyalik Bilol Bennama o‘zbek bokschisiga qarshi turib berolmadi va jangni nokaut bilan yutqazdi.

Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov sovrinlari g‘aznasiga etishmayotgan jahon chempionati oltin medaliga ham sazovor bo‘ldi.

Hasanboy Do‘smatovning muvaffaqiyati Saken Bibosinovni ham bee’tibor qoldirmadi. Qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi instagramdagi sahifasiga Hasanboy bilan birga tushgan suratini joylashdirdi va “Tabriklayman, chempion!”, - degan izoh qoldirdi.

6460b41b2ab75

Aslida o‘zbek va qozoq bokschilari ringda printsipial raqib hisoblansa-da, musobaqalardan tashqarida do‘stona munosabatga ega ekanini ta’kidlash lozim.

Xususan, boks olamidagi yana bir “el-klasiko” qahramonlari – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaevning raqobati sakkiz yildan beri davom etib kelmoqda. Toshkentdagi jahon chempionatida Bahodir yana Qamshibekdan ustun keldi.

Shunga qaramay, har ikki bokschi musobaqa oldidan va jangdan keyin bir-biri bilan do‘stona munosabat qilgani har ikki mamlakat boks muxlislariga juda manzur bo‘ldi.

Oz vaqt qoldi: Yana qaysi bokschilarimiz jahon chempioni bo‘ladi?

Jahon chempionati: Kim qancha oltin medal oldi?

Qozoq bokschisi Asadxo‘jaga toza yutqazganini tan oldi!

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!