Raqiblar Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishga qo‘rqyapti!

  • 20 may, 2023, 21:19
  • 0
  • Boks

Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning 107 mamlakatidan 550 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi 13 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Musobaqada o‘ta og‘ir vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan ozarbayjonlik Magomed Abdullaev www.azerisport.com saytiga intervyu berib, bu vaznda chempion bo‘lgan Bahodir Jalolov haqida ham gapirdi.

thumb856_20230518164511471

Sports.uz  portali ushbu intervyuni o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etadi.

- Ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionati bronza medaliga sazovor bo‘ldingiz. Ishtirokingizni qanday baholaysiz?

- Umuman olganda, ishtirokimdan qoniqdim. Jahon chempionatiga va janglarga to‘liq tayyor edim. Har jangdan jangga kuchayib borayotganimni his qildim. Menga kuchli raqiblar ro‘baro‘ bo‘ldi. Meksika, Jazoir va Gruziya bokschilarini engdim.

Yarim finalda kubalik bokschiga to‘qnash keldim. U bilan avval uchrashib, yutganman. Men bu gal ham kubalik raqibni engdim, lekin hakamlarni enga olmadim. Guvoh bo‘lganlarning hammasi g‘alaba menga berilishi kerakligini ko‘rdi. Lekin hakamlar g‘alabani raqibimga berishga qaror qilishdi. Men finalga tayyor edim.

- Uzoq yillardan biri boksda hakamlar masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Hozir kimgadir noxolis yondashuv haqida emas, hakamlikning umumiy muammolari haqida gapirish mumkin. Hakamlik kriteriyalari tushunarsiz. Endi janglarga yana ikkita referi qo‘shildi, hisob 3:2 bo‘lib turganda, ular g‘alabani boshqa bokschiga berib yuborishi mumkin. Hakamlar muammosini qanday hal qilish bo‘yicha tushunchangiz bormi?

- Ha, muammolar haqiqatan bor. Negadir yana ikkita hakam qo‘shib qo‘yishdi. Ular nima vazifa bajaradi bilmayman. Masalan 54 kilogramm vazn toifasida Nidjat Guseynov ikkinchi jangda zafar quchdi, qo‘shilgan ikkita hakam g‘alabani raqibga olib berishdi. Ular mening yarim final jangimda qaerda edi? Men muammoni qanday echishni aytishim qiyin. Mana shu holat bir necha yillardan beri davom etmoqda.

- Umumiy hisobida terma jamoa ikkita medal jamg‘ardi. Qolganlarga nima etishmadi?

- O‘ylashimcha, tajriba etishmadi. Yiigilar yaxshi jang qildi. Jahon chempionati – katta musobaqa. Muhit umuman boshqacha. Har kim ham hayajonini bosa olmaydi.

- O‘zbekiston va Qozog‘iston jahon bokschi etakchilari ekanini ko‘rsatdi. Sizning vazningizda o‘zbek Bahodir Jalolov g‘olib chiqdi. Biz ulardan qanchalik orqada qolyapmiz?

- Bu mamlakatlarda boks azaldan kuchli rivojlangan. Ular doim kuchli bo‘lgan. Rossiya va Kuba ham an’anaviy tarzda kuchli hisoblanadi. Lekin hozir O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari juda zo‘r. Ular hech qachon kubalik va rossiyaliklardan qolishmagan.

Bahodir Jalolov haqida gapirmas, men unga Olimpiya o‘yinlarida yutqazganman. Jahon chempionatida u bilan to‘qnash kelishimga yo‘l berishmadi.  Hattoki, kubalik bokschi finalda unga qarshi jang qilishni istamadi, Bahodirdan qo‘rqdi.

bahodir_final-05

- Tez orada sizni litsenzion musobaqa – Evropa o‘yinlari kutmoqda. O‘ta og‘ir vazn toifasida raqobat juda katta. Jahon chempionatiga amaldagi jahon chempioni – germaniyalik Nelvi Tiafik bormadi. Litsenziya uchun kurashda imkoniyatingizni qanday baholaysiz?

- Evropa o‘yinlarida raqobat juda kuchli bo‘ladi. Vaznimizda har doim kuchli bokschilar ko‘p bo‘lgan. Litsenziya uchun jang qilaman. O‘z kuchimga ishonaman va muvaffaqiyat qozonish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

Printsipial raqib Bibosinov jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovga nima dedi?

Jalolovga yutqazayotgan Kunkabaevga vaznini o‘zgartirish taklif qilindi

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!