
Kamoliddin Tojiev: "O‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Klub matbuot xizmati murabbiyning quyidagi fikrlarini bayon etdi:
"Bugun yigitlar ko‘rsatgan o‘yindan to‘liq qoniqdim. O‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik. Juda ko‘p golli vaziyatlarga ega bo‘ldik. Raqib darvozabonining juda ajoyib o‘ynaganini ta’kidlab o‘taman. Avvalgi bahslarda imkoniyatlardan unumli foydalangandik, lekin so‘nggi ikki uchrashuvda bu borada muammolar bo‘ldi. Eng muhimi, vaziyatlarni yuzaga keltira olayotganimiz".
Fikrlar