
"Bavariya" Musialaning jarohatidan so‘ng "Chelsi" futbolchisiga qiziqmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachi Jamal Musiala olgan jiddiy jarohat fonida yana "Chelsi" futbolchisi Kristofer Nkunku nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, nemis grandi 27 yoshli frantsuz futbolchisining agenti Pini Zaxavi bilan aloqaga chiqqan.
Qayd etilishicha, Nkunkuga faqat "Bavariya" emas, balki "Manchester Yunayted" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida ham myunxenliklar Nkunkuni sotib olishga uringan, ammo o‘shanda ular 70 million evroga tayyor emas edilar.
Hozircha "aristokratlar" futbolchini ijaraga berish emas, aynan to‘liq transfer asosida sotishni maqsad qilmoqda.
Fikrlar