Rasman "Andijon" Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosini tarkibiga qo‘shib oldi

  • 29 iyul, 22:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi selektsiyada tarkibini kuchaytirayotgan “Andijon” klubi o‘z safini yana bir mahoratli futbolchi bilan to‘ldirdi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Qirg‘iziston milliy terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokotaev rasman “Andijon” futbolchisiga aylandi. U bilan shartnoma imzolandi va endilikda “Burgutlar” sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Erjan Tokotaev 2000 yilning 17 iyul sanasida Qirg‘izistonda tavallud topgan. Darvozabon faoliyati davomida “Dordoy” (Qirg‘iziston), “Alga” (Qirg‘iziston), “Kaspiy” (Qozog‘iston), “Turon” (Qozog‘iston) va “Shanliurfaspor” (Turkiya)da faoliyat olib borgan.

Tokotaev 2023 yildan beri Turkiya chempionatida “Shanliurfaspor”da o‘ynagan. Erjan faoliyati mobaynida hozirgacha 92 ta o‘yinda ishtirok etgan. 2021 yildan beri Qirg‘iziston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va hozirga qadar bosh jamoada 36 ta o‘yin o‘tkazgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!