
Shavkat Rahmonov chempionlik jangida ishtirok etmoqchi
Qozog‘istonlik UFC janchisi Shavkat Rahmonov keyingi jangi haqida gapirdi.
"Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, yil oxirida qaytaman. Jek Della Maddalena va Islom Maxachev o‘rtasidagi bahsda kim g‘alaba qozonsa, men o‘sha bilan jang qilmoqchiman. Agar kutishimni aytishsa, kutaman, biroq faqat chempionlik uchun kurashaman. Boshqa raqiblar meni qiziqtirmaydi" — dedi qozog‘istonlik You Tube dagi "ULYSMEDIA" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Rahmonov "UFC 310" turnirida irlandiyalik Ian Garri ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lgandi.
Fikrlar