"Messi transferiga doir ma’lumotlarning barchasi soxta"

  • 8 iyul, 17:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Saudiya Arabistonining "Al-Axli" klubi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq, argentinalik yulduz Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan ligaga bormaydi. Bu haqda Messining biografiyasini yozgan mashhur jurnalist Gilem Balage ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Balage Messi va "Al-Axli" haqidagi ma’lumotlarni soxta deb atadi. Jurnalistning aytishicha, 38 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klublari bilan hech qanday aloqada bo‘lmagan. Balagening ta’kidlashicha, Messi "Inter Mayami" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Shuningdek, Gilemning ta’kidlashicha, Messi MLS klubi bilan shartnomasini uzaytiradi va kelasi yoz Argentina milliy terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!