"Bavariya" PSJ hujumchisi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor

  • 8 iyul, 19:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujum chizig‘ini kuchaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Bundesliga giganti e’tiborida PSJ hujumchisi Bredli Barkola saqlanib qolmoqda.

"Todo Fichajes" nashrining xabar berishicha, myunxenliklar ushbu futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor.

Avvalroq PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike 22 yoshli Barkolaning yozda jamoani tark etmasligi haqida aytgan edi. Bredli Barkola 2023 yil yozi oxirida "Lion"dan PSJga o‘tgan edi.

Futbolchi Parij klubi tarkibida 101 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 26 ta gol urdi va sheriklariga 29 ta golli uzatma berdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!