"So‘g‘diyona" ikki nafar legioneri bilan xayrlashdi

  • 8 iyul, 20:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davraga tarkibini kuchaytirayotgan "So‘g‘diyona" klubi ikki nafar o‘yinchi bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Tecno

"Jamoamizning ikki legioner futbolchisi — Luka Jorjevich va Ehsoni Panshanbe So‘g‘diyona futbol klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. 

Biz har ikkala futbolchiga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, chernogoriyalik Jorjevich va tojikistonlik Panshanbe joriy mavsum avvalida "So‘g‘diyona"ga qo‘shilishgandi.

Luka Jorjevich Superligada 8 ta va Kubokda 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. 1 ta gol urdi va golli pas uzatdi. Panshanbe esa Superligada 14 va Kubokda 3 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Uning hisobida 1 gol va 2 assist bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!