
"Liverpul" frantsiyalik hujumchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor
"Liverpul" frantsiyalik hujumchi Yugo Ekitike uchun "Ayntraxt"ga 100 million evro to‘lashga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, nemis klubi o‘z forvardini 81 million evroga baholagan va mersisaydliklarga ularning taklifi bu summadan yuqori bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" ushbu shartlarga rozi bo‘lib, rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Klub futbolchi bilan 6 yillik shartnoma tuzmoqchi.
Ekitike o‘z faoliyatini aynan "Liverpul"da davom ettirish istagida bo‘lgani sababli "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etdi.
Fikrlar