Rodrigoga zo‘r xaridor chiqdi, muzokara boshlanyapti

  • 22 iyul, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dagi o‘yin amaliyoti kafolatlanmagan universal hujumchi Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” braziliyaning o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ish boshlayapti, deb xabar tarqatdi AS nashri.

Manbaga ko‘ra, tez orada mersisaydliklar Ispaniyaga o‘z vakillarini jo‘natib, Rodrigo transfer bo‘yicha rasmiy aloqa o‘rnatadi va muzokaralarga kirishadi.

“Liverpul” jamoani avvalgi murabbiy Yurgen Klopp boshqargan davrda ham Rodrigoga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq o‘shanda u jamoaning asosiy o‘yinchilaridan bo‘lgan.

Keyingi mavsumlarda “Real” safiga Jud Bellingem va Kilian Mbappe singari hujumkor futbolchilar qo‘shilganidan keyin Rodrigo ikkinchi planga o‘tib qoldi. Madridliklarning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ham 23 yoshli futbolchiga o‘yin amaliyotini kafolatlagani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!