
“Qarg‘alar” “Manchester Siti” transferini barbod qilmoqchi
“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni yangilash siyosatini davom ettirmoqda. Xosep Gvardiola Kayl Uoker bilan to‘liq xayrlashganidan keyin himoyaning o‘ng qanotiga Tino Livramentoni olib kelishga qaror qilgan.
Aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblangan 22 yoshli himoyachi ayni paytda “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Qarg‘alar” bu o‘yinchini 2023 yilning yozida “Sautgempton”dan 37,2 million evroga transfer qilgan edi.
Manchesterliklar iqtidorli o‘yinchi uchun 75 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan. The Times nashrining yozishicha, “Nyukasl” Livramentoning aynan “shaharliklar” jamoasiga o‘tishini istamayapti.
Nyukaslliklar himoyachini olib qolish uchun unga yaxshi sharoitlar ko‘rsatilgan yangi bitim taklif qilishni rejalashtirgan.
Fikrlar