"Dole Open–2025" xalqaro shaxmat turniri yakunlandi!

  • 28 iyul, 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning, 19–27 iyul kunlari Frantsiyaning Eks-an-Provans shahrida o‘tkazilgan "Dole Open–2025" xalqaro turniri o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqada 44 davlatdan 276 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

Tecno

“Masters” guruhida O‘zbekiston vakili, xalqaro grossmeyster Muhiddin Madaminov (FIDE reytingi 2553) 9 turda 6.5 ochko to‘plab, yakunda 15-o‘rinni egalladi.

Ushbu guruhda quyidagi shaxmatchilar g‘olib bo‘lishdi:

1-o‘rin Malek Yan (Polsha) – 7.5 ochko
2-o‘rin Iniyan Pa (Hindiston) – 7.5 ochko
3-o‘rin Pavel Eljanov (Ukraina) – 7 ochko

“Accession” guruhida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham yuksak natijalarga erishdi.
Salimova Asal 7 ochko bilan umumiy hisobda 2-o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi alohida natijalar:
1-o‘rin Orazmuxamedova Makhim – 6.5 ochko
2-o‘rin Imomquzieva Nilufarxon – 6 ochko

Guruhda umumiy g‘oliblar:

1-o‘rin Darshan G. (Hindiston) – 8 ochko
2-o‘rin Salimova Asal (O‘zbekiston) – 7 ochko
3-o‘rin Jean-Michel Bigonne (Frantsiya) – 6.5 ochko

“Petits Zelos” guruhida esa quyidagi shaxmatchilar etakchilik qildi:
1-o‘rin Provost Erik (Frantsiya) – 8 ochko
2-o‘rin Gezzali Leana (Frantsiya) – 7 ochko
3-o‘rin Marazzi Yanis (Frantsiya) – 7 ochko

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!