Husanov qancha olyapti? “Manchester Siti” futbolchilari maoshi e’lon qilindi

  • 9 avgust, 07:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yil boshidan beri tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilgan Xosep Gvardiola jamoasini yana sovrinlar uchun kurashga qaytarishni maqsad qilgan.

Tecno

Aslini olganda, ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoa o‘zagini shakllantirib, yaqin kelajakda qaysi futbolchilarga suyanishini aniqlab bo‘ldi. Ayni paytda sport direktori Ugo Viana ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar transferi va ayrim yosh o‘yinchilarning mahoratini oshirish uchun ularni ijaraga jo‘natish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Nufuzli manbalardan biri – lentedesportiva.com sayti eksperti Oliver Obel “Manchester Siti” futbolchilarining 2025 yil davomida olayotgan maoshlari haqida ma’lumot chiqardi.

Sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi. 

“Manchester Siti” tarkib shakllantirishda moliyaviy imkoniyatlari va uzoq muddatli strategiyaga asoslanadi. Garchi klubda Erling Xoland ulkan summa bilan maoshlar jadvalida birinchi qatorni egallab turgan bo‘lsa, tarkibda nisbatan kamtar haq olayotgan, biroq juda katta salohiyatga ega yosh  yulduzlar ham o‘z reytingini oshirib borishga harakat qilmoqda.

Quyida 2025 yil davomida eng kam maosh olayotganlardan boshlab, eng katta mablag‘ topayotgan o‘yinchilargacha bo‘lgan reytingni muxlislar e’tiboriga havola etamiz. Maoshlar haftalik ko‘rsatkichlar asosida ko‘rsatilgan.

28 – Josh Uilson-Esbrand (haftasiga £7,000)

Klubning maoshi eng kam o‘yinchisi. 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi asosiy tarkibdan joy olishi uchun ancha kurashishi talab etiladi.

27 – Jeyms MakEyti ( haftasiga £15,000)

Akademiya tarbiyalanuvchisi yuqori texnika sohibi hisoblanadi. 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish chog‘ida yuqoriroq xizmat haqiga ega bo‘lishi tabiiy.

26 – Klaudio Echeverri (haftasiga £15,000)

Argentinalik hujumkor futbolchining salohiyati yuqori. 19 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

25 – Abduqodir Husanov (haftasiga  £20,000)

Jismonan baquvvat o‘zbek himoyachisining shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgani klub uning hali yanada o‘sishi va rivojlanishidan umidvor ekanini ko‘rsatmoqda.

24 – Riko Lyuis (haftasiga £25,000)

Klub akademiyasidan chiqqan eng iqtidorli o‘yinchilardan. Hozirgi darajasi maoshining oshirilishi vaqt masalasi ekanidan dalolat beradi.

23 – Vitor Reys (haftasiga £40,000)

Yosh braziliyalik himoyachi 2029 yilning yozigacha “Siti” bilan bog‘langan. Hali o‘zini ko‘rsatishidan umid qilinyapti.

22 – Savio (haftasiga  £40,000)

Tezkor, texnikasi zo‘r hujumkor futbolchi. Yaqin mavsumlarda hujum chizig‘ining muhim figurasiga aylanadi.

21 – Jeremi Dokyu (haftasiga  £50,000)

Asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi bo‘lganiga qaramay, kam maoshga o‘ynayapti. Tezkorligi va driblingi bilan jamoaga foyda keltiradi.

20 – Oskar Bobb (haftasiga £50,000)

Ijodkor futbolchi, to‘pni xotirjam boshqaradi. Hali to‘rt yillik shartnomasi bor.

19 – Niko Gonsales (haftasiga £60,000)

O‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan bu yarim himoyachi ham 2029 yilning yozigacha Manchesterda qoladi.

18 – Shtefan Ortega Moreno (haftasiga £90,000)

Ishonchli darvozabon asosan kubok o‘yinlarida darvozani qo‘riqlab keladi.

17 – Ederson (haftasiga £100,000)

Jamoaning asosiy darvozaboni ham o‘z darajasiga nisbatan kamroq maosh oladi. Uning shartnomasi kelasi yoz tugaydi.

16 – Mateus Nunes (haftasiga £130,000)

Har qanday taktikaga moslasha oladigan o‘yinchi.

15 – Mateo Kovachich (haftasiga £150,000)

Rotatsiyaning muhim o‘yinchisi, Chempionlar ligasida boy tajriba to‘plagan.

14 – Kalvin Fillips (haftasiga £150,000)

Nisbatan katta maosh olayotganiga qaramay, maydonda juda kam ko‘rinish beradi.

13 – Natan Ake (haftasiga £160,000)

Aqlli va ko‘pfunktsiyali himoyachi. Shartnomasi yakunlanishiga ikki yil bor.

12 – Manuel Akanji (haftasiga £180,000)

Gvardiola tizimiga juda mos tushgan asosiy himoyachilardan biri.

11 – Ruben Diash (haftasiga £180,000)

Himoya etakchilaridan, ishonchli va barqaror o‘yinchi.

10 – Yoshko Gvardiol (haftasiga £200,000)

Kelajakning eng asosiy himoyachisi. Hozirdan tarkibda muqim o‘rniga ega.

9 – Rodri (haftasiga £220,000)

Klub tarixidagi eng barqaror o‘yinchilardan biri. O‘yin tempini nazorat qilib turadi.

8 – Fil Foden (haftasiga £225,000)

Klub tarbiyalanuvchisi va jamoada eng ta’siri kuchli futbolchilardan hisoblanadi.

7 – Ilkay Gyundog‘an (haftasiga £230,000)

Tajribali yarim himoyachi eng muhim uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsata oladi.

6 – Tijani Reynders (haftasiga £230,000)

Yangi yarim himoyachi yaqin kelajakda maydon markazi etakchisiga aylanishi kerak. Shartnomasi 2030 yilning yarmigacha davom etadi.

5 – Jon Stounz (haftasiga £250,000)

Gvardiola o‘yin tizimida muhim figuralardan. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida o‘ynay oladi.

4 – Umar Marmush (haftasiga £295,000)

Qishda olingan yangi hujumchi juda tezkor, tinib-tinchimas va nostandart uslubga ega.

3 – Bernardu Silva (haftasiga £300,000)

Universal futbolchi sifatida markazda ham, qanotlarda ham o‘ynay oladi. Gvardiola eng yoqtirgan o‘yinchilardan.

2 – Jek Grilish (haftasiga £300,000)

Eng katta maosh olayotganlardan biri. To‘pni nazorat qilish va hujum tempini nazorat qilish qobiliyatiga ega.

1 – Erling Xoland (haftasiga £525,000)

Klub tarixida eng katta maosh olayotgan futbolchi. Uning shartnomasi 2034 yilning yarmigacha davom etadi. Bu muddat ichida ko‘pmillionli bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Maydonda ham, marketing yo‘nalishida ham asosiy yulduz.

 

Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!