
Amorim MYuning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi.
"Biz futbolchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatmoqchimiz, menimcha, bu bizga kerak. Keyin - jismoniy jihat. Biz APL talablariga javob berishimiz kerak, asosiysi "Arsenal"ga qarshi mavsumning birinchi o‘yiniga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Agar mavsum boshida ish boshlaganimda, bu xato bo‘lardi. Shuning uchun hozir olti oy davomida yo‘l qo‘ygan barcha xatolarimizdan xulosa chiqarib, ishni oq qog‘ozdan boshlashimiz kerak deb o‘ylayman. Olingan barcha ma’lumotlardan foydalanishga harakat qilaman.
Klubdagi kadrlar o‘zgarishi hammaga og‘ir keldi. Ammo endi bizda hammasini boshidan-boshlash imkoniyati bor", - deya Amorimning so‘zlarini keltirdi Manchester Evening News.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" yangi mavsumning 1-turida 17 avgust kuni "Old Trafford"da "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar