Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor”ning umri uzoq bo‘ladi"
Xabaringiz bor Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay Superligada chempionlik uchun kurash olib bormoqda. “Qaldirg‘ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov esa SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbat davomida bunday jamoa yo‘q bo‘lib ketmasligiga ishonishini aytib o‘tdi.
- “Bunyodkor”ning keyingi taqdiri barchani o‘ylantirib qo‘ydi. Qisqa muddat ichida o‘zbek futboli mavqeini ko‘tarishda munosib hissasini qo‘sha olgan jamoaning kelajagi mavhum bo‘lib qolayotgani ajablanarli. Ya’ni, kelasi yilga “Bunyodkor” bo‘ladimi-yo‘qmi, degan savollar ham ko‘p yangramoqda.
- Oldin ham aytganman, Xudo xohlasa, “Bunyodkor”ning umri uzoq bo‘ladi. Albatta, bunday jamoa yo‘q bo‘lib ketmasligi kerak. Qurish oson emas, ammo buzib tashlash juda oson. Ammo keyin bu narsani qaytarib bo‘lmaydi. Jamoamiz akademiyasiga mingga yaqin bolalar kelishadi. Hozirgi tarkibimizning 70-80 foizi akademiyamiz tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Umid qilamanki, “Bunyodkor”ning umri uzoq bo‘ladi.
Tajribali mutaxassis bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar