Dzyudochilarimiz Dyusseldorfga yo‘l olishdi

  • 21 fevral, 2018, 13:00
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

23-25 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 71 mamlakatidan 500 nafar sportchi ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi. 

Tecno

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi Germaniyadagi turnirga 3 nafar polvonimizni olib ketdi. Tarkibda Rio Olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboev (-60 kg), Doston Xoliqulov (-66 kg) hamda G‘iyosjon Boboev kabi dzyudochilarimizni ko‘rishimiz mumkin. 

Delegatsiyamiz a’zolari bugun erta tongda Toshkent-Istanbul-Dyusseldorf yo‘nalishi bo‘yicha Germaniya safariga jo‘nab ketishdi. Vakillarimizgi ushbu turnirda omad tilab qolamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!