
Andijonda qo‘l jangi bo‘yicha professional janglar tashkil qilindi
19 sentyabr kuni Andijon shahrida joylashgan Olimpiya zahiralari kollejida Qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari start olgan edi. Ushbu turnir 23 sentyabrga qadar davom etadi.
Kuni kecha chempionatning rasmiy ochilish marosimi va R-1 versiyasi bo‘yicha professionallar o‘rtasidagi janglar bo‘lib o‘tdi.
Unda 62 kg. vazn toifasida Sanjar Abduhoshimov (Toshkent shahri.), 67 kgda Muhammadali Ismoilov (Mudofaa vazirligi) ,73 kgda Islom Zaynobiddinov (Navoiy viloyati) va 80 kg vaznda Muslim Xotamov (Milliy gvardiya) g‘alaba qozondi.
Fikrlar