Dastin Pore: "Bu yolg‘on xabar"

  • 24 noyabr, 2024, 18:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vaznda sobiq  vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore kelasi yil mart oyida Rafael Fizievga qarshi jang o‘tkazishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. 

"Mening so‘nggi jangim kelishib qo‘yilgan deb o‘ylagandim, lekin bunday emas ekan. Men hali ham oxirgi bor kimga qarshi oktagonga chiqishim mumkinligini o‘ylayapman. Fizievga qarshi jangim to‘g‘risidagi xabarlar shunchaki yolg‘on", - deb yozdi Pore ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Dastin iyun oyida engil vaznda amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevga yutqazib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!