
Islom Maxachev va Iliya Topuriya jangi qachon?
UFC yulduzi Iliya Topuriya (16-0) engil vazn chempioni Islom Maxachev(27-1)ga qarshi ehtimoliy jangning vaqtini e’lon qildi.
"Men chempionlik uchun da’vogar bilan jang qilishim shart emas. Darhol kamar uchun kurashsam bo‘ladi. Umid qilamanki, bu bahs yozda yoki sentyabrda o‘tkaziladi... Yarim engil vazndagi chempionlik kamarini bo‘shatganimda UFC bunga va’da bergan" - dedi Iliya "PBD Podcast" da.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya bo‘sh qoldirgan kamar uchun Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes "UFC 314" turnirida jang qiladi.
Fikrlar