Yevropalik murabbiy O'zbekistonning sensatsion g'alabasiga qanday munosabat bildirdi?

  • 22.09.2026 06:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daniya va Shotlandiya sharafini himoya qilgan grossmeyster, mashhur shaxmat murabbiyi va kitoblar muallifi Yakob Ogard Samarqandda o'tayotgan 2026 yildgi Jahon shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O'zbekiston terma jamoasining Hindiston ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi.00

O'zbekiston shaxmatchilari muhim uchrashuvda 2,5:1,5 hisobida zafar quchdi. Birinchi, ikkinchi va to'rtinchi doskalarda bellashuvlar durang bilan yakunlandi. 

Uchrashuv taqdirini esa uchinchi doskada o'ynagan Nodirbek Yakubboev hal qildi — u Nihal Sarinni mag'lub etib, mezbon jamoaga hal qiluvchi ochkoni olib keldi.

«Menga bunday do'stona raqobat juda yoqadi. Bugungi natija o'zbekistonliklar uchun katta g'alaba bo'ldi: guruhda uchinchi bo'lib o'ynagan Yakubboev Nihalni yuta oldi. 

Endi ko'ramiz, Qosimjonov 2022 yilda turnirni yutganlarida Sokolov qilganidek, “Bermud kechasi”ni taqiqlaidimi-yo'qmi...», — deb yozdi Ogard X ijtimoiy tarmog'ida.

Olti turdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko to'plab, ochiq sektsiyada turnir jadvalidа yakka o'zi peshqadamlik qilmoqda. Hindiston termasi esa 10 ochko bilan yettinchi pog'onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!