
"Lokomotiv" nazorat o‘yinida "Xo‘jand"ni mag‘lub etdi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi yangi mavsum tayyorgarligi doirasida bugun qardosh Tojikiston mamlakatining "Xo‘jand" klubiga qarshi bahs olib bordi.
TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda "temiryo‘lchilar" 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Marat Bikmaev, Kirill Pogrebnyak va Temurxo‘ja Abduxoliqovlar mualliflik qilishdi.
Nazorat o‘yini
4 fevral
"Lokomotiv" - "Xo‘jand" 3:0
Gollar: Marat Bikmaev (15), Kirill Pogrebnyak (33 penaltidan), Temurxo‘ja Abduxoliqov (56)
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Slavko Damyanovich, Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayziev, Davrom Hoshimov, Shahzod Shaymanov, Sardor Mirzaev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak, Marat Bikmaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Avazbek O‘lmasaliev, Dilshod Komilov, Ibrohim G‘anixonov, Shahzod Shaymanov, Diyorjon Turopov, Abdulaziz Yusupov, Kamron Saidazimov, Farrux Ibrohimov.
Fikrlar