"Real" Jahon Chempionatida ishtirok etmoqchi emas

  • 10 iyun, 2024, 14:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aytishicha jamoa keyingi yili bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasida jahon chempionotida qatnashmoqchi emas:

Tecno

" "Real" klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga bormaydi. Biz bu taklifni boshqa jamoalar kabi rad etamiz.

Realning bitta o‘yini 20 million evro keltiradi. Ular esa butun boshli musobaqa uchun shuncha taklif qilishyapti",- dedi italiyalik mutaxassis.

Yangilangan versiyadagi KJCh AQShda bo‘lishi rejalashtirilgan. FIFA keyingi yildan turnir formatini o‘zgartirib, 32 klubdan iborat mundialga aylantirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!