
Sanjar Fayziev finalda mag‘lub bo‘ldi
Tailandning Nontaburi shahrida o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziev yakkalik bahslarida final uchrashuvini o‘tkazdi.
Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqa finalida Sanjara yaponiyalik Renta Tokudoga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa S.Fayziev musobaqaning yakkalik bahslarida ham vitse-chempionga aylandi.
Fikrlar