Shahram Gʻiyosov va Jek Ketterall oʻrtasidagi chempionlik jangi yakunlandi
Xabaringiz bor, ayni paytda Misrning Giza shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, biroz avval hamyurtimiz Shahram G‘iyosov va angliyalik Jek Ketterall o‘rtasidagi jang nihoyasiga yetdi. WBC Regular kamari uchun kechgan bahs to‘liq 12 raund davom etdi.
Afsuski, ushbu to‘qnashuvda charm qo‘lqop ustamizga biroz omad yetishmadi va yakunda ochkolar evaziga (109-118, 108-119, 111-116) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, mazkur mag‘lubiyat G‘iyosov uchun prof boksdagi dastlabkisi bo‘ldi.

Fikrlar