Xabib Nurmagomedov bilan revansh? Dastin Porening bu borada o‘z fikri bor
UFC ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Dastin Pore Den Xuker bilan bo‘ladigan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi. Shuningdek, o‘zi uchun mos bo‘lgan raqiblar borasida ham to‘xtaldi.
“ Xuker bilan jang qiziqarli bo‘lardi, u juda quvnoq yigit. Den ayni vaqtda katta yuksalishga erishayotgan ajoyib jangchi. U kuchli raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi. Ammo bu jang meni unchalik qiziqtirmaydi. Men yanada ko‘prog‘ini xohlamoqdaman.
Getji istasa, unga revansh uchun imkoniyat beraman. Albatta, Konor ham bor. Birinchi navbatda Toni Fergyuson bilan jang qilishni istardim. Xabib bilan revansh ham bo‘lishi mumkin. Ammo bu variant haqiqatdan uzoqroq.
Agar, yarim o‘rta vazn toifasiga taklif qilishsa, uni qabul qilardim. Yo‘q, men u erda qolmayman. Chunki bu dvizion mening uyim emas. Ammo u erda bitta yoki ikkita jang o‘tkazgan bo‘lardim”, -dedi Pore.
Xabaringiz bor, 7 sentyabr kuni Dastin Xabib Nurmagomedovdan mag‘lub bo‘lgan edi.



Fikrlar