
10 yillik tanaffusdan so‘ng katta sportga qaytgan jahon chempioni "Hokim kubogi"da g‘alaba qozondi
21-23 yanvar kunlari Andijon shahrida Qurolli kuchlarning tashkil topganligini 30 yilligiga bag‘ishlangan viloyat hokimi kubogi uchun qo‘l jangi bo‘yicha o‘ziga xos turnir tashkil etildi. Mazkur turnir 14-15, 16-17 yoshlilar va kattalar o‘rtasida tashkil etildi.
Janglar murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Qiziq jihati deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng, yana katta sportga qaytgan, qo‘l jangi bo‘yicha ikki karra, kikboksing borasida 3 marotaba O‘zbekiston chempioni, kikboksing bo‘yicha Osiyo hamda jahon chempioni Mirzohid Ataboev ham musobaqada ishtirok etib, kattalar o‘rtasida +97 kg vazn toifasida turnir chempioniga aylandi.
Shuningdek, mazkur musobaqa juda ko‘plab iste’dodli yoshlarni kashf qilganligi bilan esda qoldi.
Fikrlar