15 yoshli futbolchi 80 yillik rekordni yangiladi
“Jenoa” klubining 15 yoshli hujumchisi Petro Pellegri Italiya A seriyasi 18 turi doirasida “Torino”ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, chempionatning 80 yillik rekordini takrorladi.
Iqtidorli hujumchining 15 yoshu 280 kunligida “Roma” klubi sobiq futbolchisi Amadeo Amadeining rekordini qayd etdi.
Qayd etish joiz, 1937 yil 2 maydan buyon hech bir futbolchi Amadeining rekordini yangilay olmay kelayotgan edi.



Fikrlar