«Real» Mourinyoning kelajagi borasidagi qarorini ma'lum qildi
Madridning «Real» jamoasini boshqarib kelayotgan Joze Mourinoning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
The Touchline nashri yozishicha, klub rahbariyati hali ham Mourinoni jamoa uchun to‘g‘ri tanlov, deb hisoblamoqda. Rahbariyat fikriga ko‘ra, «Real»ning kiyinish xonasida katta ambitsiyaga ega futbolchilar juda ko‘p va bunday tarkibni faqat Mourino kabi obro‘-e’tiborli, kuchli murabbiygina boshqara oladi.
Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsum boshlanishidan oldin «Real»ni qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa hozircha Ispaniya La Ligasida yetti turdan so‘ng 15 ochko to‘plab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar