
17 yoshli vunderkind bir zarba bilan tarixni o‘zgartirib yubordi
Germaniya Bundesliga yangi nomlarni kashf qilishda etakchi hisoblanadi. Chempionatning navbatdagi turida Evropa futbolida yangi nom yangradi.
Dortmundning “Borussiya”si o‘z uyida o‘tkazilgan 30-tur uchrashuvida “Volfsburg” jamoasini 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Mezbonlar bosh murabbiyi Marko Roze ilk daqiqalardan yosh himoyachi Tom Roteni maydonga tushirdi.
Bu o‘yinchi debyut uchrashuvining 24-daqiqasida hisobni ochdi. Shu tariqa, Rote Bundesligada debyut uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixiy natija qayd etib, avvalgi rekordlarni yangiladi.
Rote o‘yin vaqtida 17 yoshu 169 kunlik edi. Bunaqa omadli debyut har kimga ham nasib etavermaydi.
Fikrlar