Husanov-chi? “Manchester Siti” barcha yulduzlari tarqalib ketadigan bo‘lyapti

  • 12.10.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Marokko terma jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqida Sports.kz xabar berdi. Qiziqi shundaki, hisobni aynan o‘zbekistonlik futbolchilar ochgan edi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Diyorahon Xabibullaeva aniq zarba yo‘llab, O‘zbekiston termasini oldinga olib chiqdi. Biroq tanaffusdan keyin maydon egalari tashabbusni qo‘lga olib, o‘yin borishini tubdan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda Ibtissam Jraydining xet-trigi hal qiluvchi omilga aylandi.

Marokko terma jamoasi hujumchisi avvalo 65-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, u ikkinchi golni urdi. 79-daqiqada esa Jraydi yana bir bor aniq zarba yo‘llab, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi — 3:1. Shu tariqa marokkolik futbolchi 14 daqiqa ichida uch bor gol urib, jamoasiga irodaviy g‘alabani ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!