Yapon samurayi Londonda jasorat ko‘rsatdi
Buyuk Britaniyaning Lonon shahrida Professional tennischilar uyushmasining - ATR yakuniy chempionati o‘yinlari davom etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi etti yarim million AQSh dollari bo‘lgani musobaqaning Jon Makinroy guruhida birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda jahon reytingi etakchisi Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) xorvatiyalik Marin Chilichni bir yarim soat ichida 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yakuniy chempionatda qatnashayotgan osiyolik yagona tennischi Key Nisikoriga (Yaponiya, 5) shveytsariyalik Stanislas Vavrinkani mag‘lub etish uchun bir soatdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan yapon samurayi 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
SPORTS.uz
Fikrlar