180 daqiqa - 1 ta aniq zarba

  • 15 fevral, 2024, 13:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir paytlar "Barseloni"ni 8:2 hisobida mag‘lub qilib, EChLni qo‘lga kiritgan "Bavariya"ning bugungi holati havas qilarli emas. Flik yaratib ketgan mashina sekin-sekin ishdan chiqayotgandek. Tuxel esa bundan unchalik ham tashvishlanmayapti. 

Tecno

"Bavariya" EChL doirasida "Latsio"ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Qiziqarli tomoni mazkur uchrashuvda myunxenliklar mezbonlar darvozasi tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi. Bunaqasi yaqin 5 yil ichida kuzatilmagan. Kamiga o‘yinning 67-daqiqasida hakam Upamekanoga qizil kartochka ko‘rsatib, rimliklar foydasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Immobile aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yagona golni urdi. 

Bayern Munich Overview

Germaniya klubi Bundesliga doirasida bo‘lib o‘tgan "Bayer"ga qarshi to‘qnashuvda ham sharmandali holatga duch kelgandi. O‘shanda "Bavariya" 1 donagina aniq zarba bera olgan. 

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Tomas Tuxel kelajagidan havotir olmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa yaxshi o‘nagan, lekin ikkinchi taymda konsentratsiya yo‘qolgan. Rahbariyat esa unga ishonishda davom etadi. Ammo natijalar yaxshilanmasa, klub boshqa murabbiy izlashga tushishi aniq. Tomas "Bavariya"ga kelganidan keyin jamoa 10 mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Buning uchun germaniyalik mutaxassisga 43 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Nagelsmann qo‘l ostida jamoa 84 bahsning 10 tasida raqiblariga taslim bo‘lgandi. 

Sack Julian Nagelsmann, appoint Thomas Tuchel! Have Bayern Munich made the  right decision with SHOCK managerial change? | Goal.com English Saudi Arabia

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!